01:10 / 28.01.2017
19175

Britaniyalik "yo‘q joydan" pul ishlab oldi

Foto: Twitter .com @lincspolice

Linkolnshir grafligidan bo‘lgan britaniyalik Aldi's Lincoln do‘konida nayrang ko‘rsatib, 330 funt sterling "ishlab olishga" muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda

Voqea 2 yanvarda yuz bergan, biroq uning tafsilotlari endigina paydo bo‘ldi. Graflik politsiyasining aniqlashicha, erkak do‘kondagi peshtaxtalardan birida turgan televizorni olib, kassa oldiga borgan. U kassirga sotib olingan mahsulotni qaytarib bermoqchiligini, biroq cheki yo‘qligini aytgan.

Kassir do‘kon boshqaruvchisini chaqirtirgan. Boshqaruvchi televizor uchun haqni qaytarib berishni buyurgan. Erkak pulni olgach, do‘kondan chiqib ketgan. U hozir qidiruvga berilgan. 

Top