00:48 / 28.01.2017
32458

Nepallik ayol bir necha ming qizni jinsiy qullikdan ozod etdi

Foto: Flickr

Nepalda yashovchi ayol 10 mingdan ko‘proq qizni jinsiy qullikdan ozod etgani uchun mukofotlandi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, 67 yoshli Anuradxa Koyrala Hindistondagi eng nufuzli mukofot –  Padma Shriga loyiq deb topilgan. Taqdirlash marosimi mart-aprel oylarida bo‘lib o‘tadi.

"Jinsiy savdoning 12 ming qurbonini qutqarib, reabilitatsiya qildi va 45 mingdan ko‘prog‘ining sotilishi oldini oldi", deb aytilgan Hindiston bosh vaziri Narendra Modi rasmiy saytida chop etilgan xabarda.

Koyralaning aytishicha, uni bunga qurbonlar his qiladigan jismoniy va ruhiy azob undagan. "Bu ranjituvchi holki, men undan yuz o‘girib keta olmadim", deb aytgan ayol. 

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, dunyoda qullik qurbonlarining 40 foizi Hindistonga to‘g‘ri keladi.    

1993 yilda Koyrala oilasi va jamiyat tomonidan quvg‘in qilingan, jinsiy-savdo qurbonlariga yordam beruvchi "Nepaldagi ona uyi" xayriya jamiyatini yaratgan. Tashkilot jinoyatchilarni ushlash uchun politsiya va hukumat bilan hamkorlik qiladi.

Top