Jahon | 18:59 / 29.01.2017
18674
4 daqiqa o‘qiladi

AQSh prezidentlari o‘z o‘rniga kelayotganlarga nimalarni izhor qilishgan?

Foto: AP

AQSh prezidenti Tramp sobiq prezident Obama qoldirgan maktubni ushlab turibdi. 

Amerika Qo‘shma Shtatlarining 45-prezidenti Tramp qasamyod qilish marosimidan so‘ng Oq uyga kelganida, uni ushbu lavozimdagi Barak Obamaning so‘nggi maktubi kutib turgan edi. 

Bu ajoyib an'ana bo‘lib, hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirish chog‘ida lavozimini tark etayotgan prezident davlatning yangi rahbariga maktub qoldiradi. Unda, sobiq prezident, yangi safdoshini lavozim bilan qutlaydi, ilhomlantiradi va turli maslahatlar beradi. 

Tramp Obamaning maktubi “ajoyib” bo‘lganini aytar ekan, uning mazmunini oshkor qilmasligini ta'kidladi. 

Barak Obama prezidentlik lavozimini tark etgach, AQSh Milliy arxivlar boshqarmasi Jorj Bush kichikning Bill Klintondan hamda Barak Obamaning Jorj Bush kichikdan olgan maktublarini ommaga oshkor qildi. Bu haqda ABC telekompaniyasining Twitter sahifasida e'lon qilindi. 

Maktublar sobiq prezidentlarning o‘z qo‘llari bilan bitilgan. Quyida ularning tarjimasi bilan tanishish imkoniyatiga egasiz. 

Jorj Bush kichikning Barak Obamaga maktubi

2009 yil 20 yanvar 

Qadrli Barak,

Sizni Prezidentimiz bo‘lganingiz bilan tabriklayman. Sizning hayotingizda, hozirgina, ajoyib davr boshlandi. 

Sizning zimmangizga tushgan mas'uliyat sharafini kamsonli insonlargina his qila olishgan. Juda kam insonlar ushbu lahzalar bilan bog‘liq hayajonlarni boshidan o‘tkazgan. Siz javob berishingiz lozim bo‘lgan chaqiriqlarga juda kamchilik duch kelgan. 

Sizni qiyin sinovlar kutib turibdi. Tanqidchilaringiz tinchimaydi. “Do‘stlar”ingiz hayratda qoldiradi. Biroq siz bilan har narsaga Qodir Xudo birga bo‘ladi. U sizni tinchlantiradi, siz bilan sizni sevuvchi oilangiz bo‘ladi, siz bilan siz uchun qayg‘uradigan Vataningiz bo‘ladi, shu jumladan men ham. Kelajakda nima bo‘lishidan qat'i nazar, sizni o‘zingiz yetakchilik qilayotgan odamlar ilhomlantiradi va ularning qayg‘urishlari qo‘llab-quvvatlaydi. 

Xudo sizni yorlaqasin.

Hurmat bilan,

J. U.

Bill Klintonning Jorj Bush kichikka qoldirgan maktubi

2001 yil 20 yanvar

Qadrli Jorj

Bugun siz buyuk ishni boshlaysiz va sizga Amerikaning har bir fuqarosi erisha oladigan yuksak sharaf bildirildi. 

Men kabi siz ham, mamlakatimizni chuqur, ammo ijobiy o‘zgarishlar davrida boshqarishga kirishmoqdasiz. Bunda nafaqat hukumat, balki xalqni ham tashvishga solayotgan eski muammolarga yechim topish zarur. 

Siz, g‘ururli, rostgo‘y va ajoyib insonlar yetakchisi hisoblanasiz. Bugundan boshlab siz – bizning Prezident. Tabriklayman va muvaffaqiyat hamda baxt tilayman. 

Sizning zimmangizga og‘ir mas'uliyat yuklangan, ammo bu chidab bo‘lmaydigan darajada og‘ir yuk emas. O‘zingiz ishongan narsani amalga oshirish xursandchiligini ta'riflab bo‘lmaydi. 

Siz va oilangiz uchun duo qilaman. Tangri bilan!

Hurmat bilan, Bill.

Mavzuga oid