00:09 / 29.01.2017
4324

Anqara va London terrorchilikka qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldilar

Anqara va London terrorchilikka qarshi kurashda yaqindan hamkorlik qilishga kelishib oldilar, deb ma'lum qildi hozirda Turkiyaga tashrif buyurgan Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bilan muzokaralar yakunlariga ko‘ra Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim.

"Biz terrorchilikka qarshi kurashda yaqindan hamkorlik qilishga kelishib oldik. Biz muhokama qilgan mavzular orasida 15 iyuldagi davlat to‘ntaruviga urinish ham bo‘ldi. Biz hurmatli Meyga Fathulla Gulenning terrorchilik tashkiloti butun dunyodagi kabi Buyuk Britaniyada ham faoliyat olib borishini aytdik. Biz Buyuk Britaniyadan shu munosabat bilan barcha zarur choralarni ko‘rishni so‘radik", deb aytdi Yildirim Mey bilan qo‘shma matbuot-anjumanida.      

Mavzuga oid
Top