Jahon | 18:52 / 29.01.2017
7277
2 daqiqa o‘qiladi

Bugun Olmaotada qishki Universiada ochilmoqda

Bugun, 29 yanvarda Olmaotada 2017 yilgi Universiada ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Minglab tomoshabinlar "Almati Arena" muz saroyiga yorqin shouning bevosita guvohi bo‘lish uchun yig‘ildilar. 

Maydon markazida sahna, yon tomonda o‘tov o‘rnatilgan. Sahna Olmaotaning ramzi bo‘lgan olma daraxtlari bilan o‘ralgan. Sahnaning o‘zi esa hayot, donishmandlik va muhabbat ramzi bo‘lgan yaproq shaklida bajarilgan.

Qishki talabalar o‘yinining mash'alasi yoqildi. Mash'alani birinchi bo‘lib shahar akimi (hokimi) Bauirjan Baybek olib o‘tdi.  

Olmaotadagi qishki Universiada unda ishtirok etayotgan davlatlar va universitetlar miqdori bo‘yicha bir necha rekordlar o‘rnatishga ulgurdi. Bugunga kelib unda 57 ta davlatdan ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tganlar, yana 1700 nafar sportchi va 1000 nafar rasmiy shaxslar kelishi kutilmoqda. Butun dunyoning 578 ta universitetidan talabalar medallar uchun kurash olib boradilar. Universiadaning sportchilar qishlog‘iga 1200 sportchi joylashib bo‘ldi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid