09:20 / 29.01.2017
7149

Malayziya qirg‘oqlari yaqinida bortida 31 kishi bo‘lgan kema yo‘qolib qoldi

Malayziya qirg‘oqlari yaqinida bortida 31 kishi, jumladan 20 nafar xitoylik sayyoh bo‘lgan kema yo‘qolib qoldi. Bu haqda Xitoy bosh konsulligida ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi. 

Kema Kota-Kinabalu shahridan Shabax shtatidagi orolga ketayotgan bo‘lgan. Kema bilan aloqa 28 yanvarda yo‘qolib qolgan. Ayni vaqtda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda va unda kema hamda vertolyotlar ishtirok etmoqda. Qidiruv hududi 400 dengiz kvadrat milini qamrab olgan.

Kema yo‘qolishi sabablari noma'lum, biroq ma'lum qilinishicha, 28 yanvarda kema yo‘qolgan hududda kuchli to‘lqinlar kuzatilgan.

Top