17:27 / 29.01.2017
7042

Merkel va Mey Trampning migratsiya siyosatini tanqid qilishdi

Germaniya kansleri Angela Merkel AQSh prezidenti Donald Trampni Amerika immigratsiya siyosatiga keskin tus bergani uchun tanqid qildi. Buning natijasida, dunyoning 7 musulmon mamlakati fuqarolarining AQShga kirishi vaqtincha taqiqlandi, deb yozadi Der Spiegel.

Bu haqda GFR hukumati vakili Shteffen Zaybert gazetaga bergan intervyusida ma'lum qilgan. 

«Uning ishonishicha, so‘zsiz zarur bo‘lgan terrorchilikka qarshi kurash, ma'lum bir xalq yoki din vakilini gumon qilishga asos bo‘la olmaydi», — degan Zaybert Angela Merkel haqida. 

Zaybert, shuningdek, hozirda rasmiy Berlin ikki fuqarolikka ega bo‘lgan fuqarolariga Amerika ma'muriyati harakatlarining oqibatlarini baholamoqda. 

Donald Trampning immigratsiya siyosatini Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey ham tanqid qildi. 

«AQSh immigratsiya siyosati —bu Qo‘shma Shtatlar hukumatining ishi. Buyuk Britaniyadagi shu boradagi siyosat ham bizning hukumatimiz tomonidan aniqlanishi kerak. Biroq, biz bunday yondashuvni ma'qullay olmaymiz», — deya Mey so‘zlarini keltiradi Reuters. 

Avvalroq, Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Trampning musulmonlarga qarshi farmoniga munosabat bildirib, qochqinlarni qabul qilishga shayligini izhor qilgan edi. 

Mavzuga oid
Top