"Kommivoyajyer" filmi "Oskar"ga nomzod bo‘lgan eronlik rejissyor Asqar Farhodiy AQSh prezidenti Donald Trampning qat'iylashtirilgan migratsiya siyosati tufayli mukofotni topshirish marosimiga kela olmaydi. Bu haqida Eron-Amerika kengashi rahbari Trita Parsiy o‘zining Twitter'ida xabar berdi

"Asqar Farhodiyning "Oskar"da ishtirok etishi uchun Erondan AQShga qo‘yib yuborilmasligi tasdiqlandi", - deb yozdi u. 

Associated Press'ning ma'lum qilishicha, Amerikaning kinematografiya san'ati akademiyasi yuzaga kelgan vaziyatdan tashvishda ekanligini bildirgan. 

Farhodiyning o‘zi hozircha bu borada hech qanday izoh bermadi.