Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatida bölib, u yerda bir qator yönalişlar böyiça vaziyatni muhokama qilib, muhim körsatmalar berdi.
"Yangi iş örinlarini yaratiş, investitsiyalarni jalb qiliş maqsadida viloyatning Yangiariq, Qöşköpir, Hazorasp tumanlarida yangi yaratiladigan korxonalarni barça turdagi soliq va tölovlardan (yagona ijtimoiy tölovdan taşqari) 2027 yilning 1 yanvarigaça, boşqa tumanlarda esa 2022 yilning 1 yanvarigaça ozod qiliş közda tutilgan.
Nima uçun bu işlarni qilyapmiz? Oxirgi yillarda biz Xorazm viloyatida sanoatni rivojlantirişni ança qöldan boy berdik desak, adolatdan böladi. Hozir biz Hazoraspda erkin industrial zonamizni bu yilning özida 25ta kelgusi 3 yilga rejalaştirilgan işlarga qöl urdikki, Hazoraspda bir yilda 3000dan ortiq yoşlar kollejni bitiradi, ularni işga joylaştiriş kerak.
Viloyat hokimining birinçi örinbosari, sizga katta topşiriq - sizlar ham yurişingiz kerak. Nazorat, talab qiliş kerak, odamlarni işontiriş kerak, javobgarlikni böyningizga olişingiz lozim. Sizda juda katta masala bu yerda - har kuni televizordan Koreya va Hindiston kinolarini körsatavermasdan, mana şu masalalarni aytiş kerak: ey, uyğoninglar, şunça imkoniyat berildi, amalga oşiringlar!
Vaqt şiddat bilan ketmoqda. Sanoat va qişloq qurilişlarida yangidan taşkil etiladigan işlab çiqariş korxonalarida 47 000 dan ortiq kişi iş bilan ta'minlanadi. Dastur ijrosini ta'minlanişi viloyatda iqtisodiy ösişni 1,8 barobarga oşiradi", - deya ta'kidladi Şavkat Mirziyoyev.













