09:13 / 29.01.2017
17150

Tramp rossiyaliklarni yoqtirishini aytdi

Foto:AP

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqotda Rossiya xalqiga baxt va farovonlik tilashini yetkazib qo‘yishni so‘radi hamda amerikaliklar Rossiya va uning fuqarolarini yoqtirishlarini aytdi.   

Putin o‘z navbatida Rossiya amerikaliklarga nisbatan ham shunday iliq munosabatda ekanligini ta'kidlab o‘tdi. 

"Putin bizning davlat (Rossiya) ikki yuz yildan ko‘proq vaqt davomida Amerikani qo‘llab-quvvatlagani, ikkita jahon urushlarida uning ittifoqdoshi bo‘lganini va hozirda AQShni xalqaro terrorchilikka qarshi kurashdagi muhim hamkori sifatida ko‘rishini eslatib qo‘ydi", deyilmoqda Kreml bergan xabarda.

Avvalroq 28 yanvarda Putin va Tramp o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbat 50 daqiqaga yaqin davom etgani ma'lum qilingandi. 

Top