Turkiya qurol-aslaha importiga bog‘liqlikni kamaytirmoqchi
Turkiya qurol-aslaha importiga bog‘liqlikni kamaytirishga intilmoqda, bundan maqsad mudofaa mahsulotining mahalliy ishlab chiqarilishini 80 foizga yetkazish hisoblanadi, deb aytdi Turkiya mudofaa vaziri Fikri Ishik.
"Oxirgi 14 yil ichida Turkiya mudofaa sanoati sohasida sezilarli taraqqiyotga erishgan. Agar 2002 yilda Turkiya qurol-aslahaga ehtiyojining 80 foizini import hisobiga qondirgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 40 foizga tushgan. Ya'ni 60 foiz ehtiyoj ichki ishlab chiqarish hisobiga qoplanmoqda. Biz davlatimizning mudofaa mahsulotiga 80 foiz ehtiyojini mahalliy ishlab chiqarish hisobiga ta'minlamoqchimiz", deb aytdi Ishik.
Uning aytishicha, mamlakatning ustuvor maqsadlari qatorida yuqori texnologik mahsulotni ishlab chiqarish bor. Ishik mahalliy havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini yaratish ustida ishlar borayotganini ta'kidlab o‘tdi.
"Shuningdek, milliy jangovar samolyot yaratish bo‘yicha ishlar davom etmoqda, bu samolyotning sinov parvozlari 2023 yilga belgilangan. Ish boshqa davlatlar bilan birgalikda davom etmoqda. Anqara o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish uchun har qanday xarajatdan qochmaydi", deb qo‘shimcha qilgan Ishik.
Mavzuga oid
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
11:37 / 22.12.2024
O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
20:38 / 20.12.2024
Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdi
17:42 / 20.12.2024