Shveytsariyalik Rojyer Federer (17) Avstraliya ochiq chempionatining erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslari finalida ispaniyalik Rafael Nadalni (9) 6:4, 3:6, 6:1, 3:6, 6:3 hisobida dog‘da qoldirdi.
Qayd etish joizki, bu Federerning tennischilik faoliyatida «Katta dubulg‘a» turkumida qo‘lga kiritgan 18-sovrinidir.
Shu vaqtga erkaklar o‘rtasidagi hech bir tennischi 18 bor «Ulkan toj» turkumiga kiruvchi musobaqalarda g‘alaba qozonmagandi. Federer bu marrani zabt etgan birinchi tennischi bo‘ldi.