08:35 / 30.01.2017
4659

Afrika kubogi. Barcha yarim finalchilar nomi aniq bo‘ldi

Afrika millatlar kubogida chorak finalning so‘nggi uchrashuvi o‘tkazilib, yarim finalga yo‘llanma olgan barcha terma jamoalar nomi ma'lum bo‘ldi.

So‘nggi uchrashuvda Misr va Marokash terma jamoalari o‘zaro ro‘baro‘ kelishdi.  Zaxiradan maydonga tushirilgan Mahmud Qahrabo uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida to‘p kiritib jamoasiga g‘alabani taqdi etdi. Misr terma jamoasi yarim finalga yo‘llanma olgan so‘nggi jamoa bo‘ldi. Endi misrliklar yarim finalda Burkino-Faso terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Afrika millatlar kubogi, 1/4 final
Misr – Marokash 1:0 (0:0)
Gol:
 Qahrabo (87).
Misr: Al-Hadari, Gaber, Fathi, Hafiz (Qahrabo, 63), Xegazi, Hamid (Samir, 90), Al-Muxammadi, As-Said, Saloh, Trezege, Muxsin (Axmad Hassan, 43).
Marokash: Muhammadi, Benatiya, da Koshta, Mendil, Bussufa, Dirar, Al-Ahmadi, Saiss (Aliui, 90), Fajr, An-Nasiri, Buxadduz (El-Qodduri, 78).

Yarim final juftliklar esa quyidagicha ko‘rinish oldi:

Burkina-Faso - Misr (1 fevral)
Kamerun - Gana (2 fevral)

Top