Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikaliklarning yarmidan ko‘pi Tramp siyosatiga qarshi ekani ma'lum bo‘ldi
foto: Reuters
Amerikaliklarning kamida 51 foizi AQSh prezidenti Donald Tramp siyosatiga qarshi chiqmoqda. Bundan Gallup poll found tahliliy agentligi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari guvohlik bermoqda.
Trampning prezident lavozimidagi birinchi sakkiz kuni 51 foiz amerikaliklar noroziligiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, AQSh yangi rahbari siyosatini 42 foiz amerikalik qo‘llab-quvvatlamoqda. So‘rovda voyaga yetgan 1,5 ming amerikalik ishtirok etgan. Xato 3 foizni tashkil etishi mumkin.
Hill gazetasining ta'kidlashicha, prezidentlik lavozimiga 2009 yilda kirishgan AQSh sobiq prezidenti Barak Obama o‘z ishi haqidagi 51 foiz salbiy fikrlarni faqatgina 2011 yilning avgustida olgan.
Avvalroq Tramp “Mamlakatni xorijiy terrorchilar kirib kelishidan himoyasi to‘g‘risida”gi farmoni bilan mamlakatga 90 kun davomida Eron, Iroq, Yaman, Liviya, Suriya, Somali va Sudan fuqarolari kirib kelishini taqiqlab qo‘ydi. Hujjat shuningdek barcha qochqinlarni qabul qilishni 120 kunga to‘xtatib turish hamda Suriyalik qochqinlarni qabul qilishni noma'lum muddatga qoldirishni ham nazarda tutadi.
AQSh shaharlarida yakshanba kuni farmonga qarshi ko‘p ming kishilik norozilik aksiyalari o‘tkazildi. New York Times nashri ma'lumotiga ko‘ra, aksiyalar Boston, Mayami, Nyu-York, Filadelfiya, Xyuston, Detroyt, Los-Anjyeles va Atlanta shaharlaridagi maydon hamda aeroportlarda bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi
03:48 / 10.08.2020