Jahon | 16:22 / 30.01.2017
4988
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya hukumati Trampning qirolicha tomonidan qabul qilinishini bekor qilmaydi

Britaniya hukumati AQSh prezidenti Donald Trampning migrantlarga qarshi ko‘rgan qat'iy chorasi tufayli mamlakatga davlat tashrifini bekor qilishga bo‘lgan chaqiriqlarni rad etdi. Bu haqida BBC nashri xabar berdi. 

Buyuk Britaniyaga amalga oshiriladigan davlat tashrifi xorijiy davlat rahbarining qirolicha Yelizaveta II tomonidan qabul qilinishini ko‘zda tutadi. Milliondan ziyod britaniyaliklar imzolagan petitsiya mualliflari bunga qarshi chiqishdi.

O‘tgan payshanba Vashingtonda yangi lavozimiga kirishgan AQSh prezidenti va bosh vazir Tereza Meyning birinchi uchrashuvida Tramp Britaniyaga rasman taklif qilindi. 

Leyboristik partiya yetakchisi Jyeremi Korbinning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Donald Trampning tashrifi muddatini kechiktirmasa, yurtdoshlarining ishonchini oqlay olmaydi.

Shanba kuni Britaniya parlamenti saytida Donald Trampning mamlakatga davlat tashrifi doirasida kelishini taqiqlashga chorlovchi petitsiya matni chop etildi. 

Petitsiya mualliflarining bunga Trampning ayollarga nafrat bilan qarashi va qo‘pol xatti-harakatlarini asos qilib keltirishgan. Ularning fikricha, bu AQSh 45-prezidentining qirolicha Yelizaveta yoki Uels shahzodasi tomonidan qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Xabar matnida aytilishicha, bunday qabul qirolichani noqulay vaziyatda qoldirishi mumkin. 

Mavjud qoidalarga ko‘ra, petitsiyani 10 mingdan ziyod kishi imzolasa, hukumat unga nisbatan rasmiy munosabat bildirishga majbur. Agar petitsiya 100 mingdan ortiq imzo to‘plasa, parlament bu masala bo‘yicha debatlarni boshlashi mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid