02:40 / 30.01.2017
4032

Bundesliga. «Borussiya» g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Germaniya chempionatining 18-turiga yakun yasaldi. Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashayotgan Dortmundning «Borussiya» klubi «Maynts» mehmoni bo‘ldi.

Dortmundliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxelning sobiq jamoasi «Maynts» favoritga qarshi munosib o‘yin ko‘rsatdi. Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq Marko Roys mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqandi. Biroq 83-daqiqada esa Danni Lattsa to‘p kiritib, jamoasiga bir ochkoni taqdim etdi. Natijada «Borussiya» 31 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi. «Maynts» esa 22 ochko bilan 10-pog‘onada joylashgan.

Turning yana bir uchrashuvida «Frayburg» yana chempionlar ligasi o‘rinlari uchun kurashayotgan poytaxt jamoasi «Herta»ni qabul qilib, g‘alaba qozondi. Mag‘lubiyatdan keyin «Herta» 30 ochko bilan 6-o‘rinda qoldi. «Frayburg» esa ochkolari sonini 26taga yetkazib oldi va jamoa 9-pog‘onani egallab turibdi.

Germaniya bundesligasi, 18-tur

Maynts – Borussiya D 1:1 (0:1)
Gollar:
 Lattsa (83) – Roys (3).
Maynts: Lessl, Donati, Bell, Bungert, Brosinski, Gbamen (Ramalo, 62), Lattsa, Oztunaly, Fray (Zaydel, 69), Samperio, Muto (De Blasis, 74).
Borussiya D: Byurki, Pishchek, Papastatopulos, Ginter, Shmeltser, Kastro (Pulishich, 86), Vaygl, Gerreyru (Gettse, 66), Shyurrle, Obameyang (Dembele, 72), Roys.

Frayburg – Herta 2:1 (1:0)
Gollar: 
Xaberer (39), Petersen (87) – Shiber (88).
Frayburg: Shvolov, Kyubler (Ignovski, 83), Torrexon, Seyundjyu, Gyunter, Filipp, Xefler, Frantts, Grifo, Xaberer (Bulut, 80), Niderlexner (Petersen, 74).
Herta: Yarsteyn, Pekarik, Shtark, Bruks, Plattenxardt, Lustenberger, Shelbred (Shiber, 83), Shtoker (Essvayn, 66), Darida, Kalu (Xaraguti, 66), Ibishevich.

Top