Dubay hukmdori o‘z jamoasi bilan shoshilmasdan restoranlar oldidan o‘tib, Jumeirah Al Qasr mehmonxonasi tomon yo‘l oldi. Restoranlarga tashrif buyurgan mehmonlar va sayyohlar bundan yoqimli hayratga tushishdi, albatta. Shayx Muhammad bin Rashid Al-Maktumning Madinat Jumeirah'da yurgan suratlari ijtimoiy tarmoqlarda tezda ommalashib ketdi.

Bu Dubay hukmdorining yo‘lovchilarni o‘zining sayyohlik va jamoatchilik joylarida rejalashtirilmagan ko‘rinishi bilan ikkinchi marta ajbalantirishi. O‘tgan hafta Shayx Muhammad Westin Dubai Mina Seyahi mehmonxonasiga tashrif buyurdi.
Uning mehmonxonaga kiraverishda turgan "1" raqamli avtomobili katta e'tibor obektiga aylandi.









