20:35 / 30.01.2017
16566

Istanbuldagi restoranga hujum tafsilotlari ma'lum qilindi

Istanbuldagi restoranga uyushtirilgan qurolli hujum terakt bo‘lmagan. 

Hurriyet xabariga ko‘ra, bu maishiy munozara ortidan kelib chiqqan hodisa edi.

Qayd etilishicha, qurollangan shaxs restoranga kirib, o‘zining otasi qotilidan qasos olgan. Uning otasi 12 yil oldin qotillik qurboniga aylangandi.

Hujum uyushtiruvchi shaxs politsiya tomonidan qo‘lga olingan.

Bundan oldingi xabarlarda Istanbuldagi Beykoz tumanida joylashgan restoranga qurolli hujum uyushtirilgani va 2 kishi jarohatlanib, bir kishi halok bo‘lgani aytilgandi.

Mavzuga oid
Top