21:31 / 30.01.2017
43817

Fotoreportaj: Suv ostida qolgan mahalla

Joriy yilning 22 yanvar kuni Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida joylashgan “Surum” mahallasida, aniqrog‘i, Amanova ko‘chasida noqulay kelgan ob-havo oqibatida suv toshqini yuzaga keldi.

Ushbu mahallada istiqomat qiluvchi fuqaro Hakimov Tolibjonning so‘zlariga ko‘ra, u yerdan o‘tgan katta kanalning suv taqsimlagich dambasi ishdan chiqqan. Natijada ko‘p miqdordagi suv, nisbatan kichik kanalga tushib, suv toshishiga sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, suv chiqib ketishiga mo‘ljallangan kanal fermerlar tomonidan bundan 10 yillar muqaddam ko‘mib tashlanishi oqibatida ham mazkur holat yuz bergan. Mahallada yashovchi odamlarning ma'lum qilishicha, ilgari ariqlar maxsus texnika tomonidan tozalab turilgan, hozirga kelib bu ishlar ham to‘xtatib qo‘yilgan.

Hakimov Tolibjonning ma'lum qilishicha, bu holat o‘tgan yilning kuz oylarida ham kuzatilgan. Mahalla faollari Toshkent viloyati hokimligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa qator mutasaddi tashkilotlarga shu masala yuzasidan murojaat qilishgan. Mazkur tashkilotlarning mas'ul xodimlari vaziyatni kelib o‘rganishgan. Ammo ishdan chiqqan suv taqsimlagich dambasini yangilab berish va ariqlarni tozalash talablari ham samarasiz qolgan.

Joriy yilning 22 yanvar kunidagi holat

2016 yilning kuz faslidagi holat

Mavzuga oid
Top