11:03 / 30.01.2017
10689

La Liga prezidenti: «Barselona» «Betis»ga qarshi uchrashuvda jabr ko‘rmasligi bizga qimmat tushardi»

La Liga prezidenti Xaver Tebas chempionatning 20-turidan o‘rin olgan «Barselona» va «Betis» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha oldinroq fikr bildirib o‘tgandi.

«Golni aniqlash texnologiyasini Ispaniya chempionatiga joriy qilish? U bizga juda qimmatga tushadi», - degandi Tebas.

Ma'lumot uchun, Tebas o‘z intervyularida har doim Madridning «Real» klubiga muxlislik qilishini, hech qachon «Barselona»ni yoqtirmasligini ochiq-oydin oshkor qilib keladi.

Eslatib o‘tamiz, «Betis» va «Barselona» uchrashuvining 78-daqiqasida Neymar tomonidan mezbonlar darvozasi tomon berilgan zarbani himoyachi chiziqni taxminan bir metrcha kesib o‘tganidan so‘ng qaytargan, biroq hakam toza golni ko‘rishni istamagandi.

Mavzuga oid
Top