20:20 / 30.01.2017
8206

Merkel Trampning farmoniga keskin munosabat bildirdi

Foto: AFP

AQSh prezidenti Donald Trampning yetti musulmon davlati fuqarolarining mamlakatga kirishini taqiqlash to‘g‘risidagi farmoni qochqinlarga yordam ko‘rsatish tamoyiliga ziddir. Germaniya kansleri Angela Merkel ana shunday fikr bildirdi. 

"Terrorizmga qarshi qat'iy kurash muayyan dinga mansub yoki ma'lum bir kelib chiqishga ega kishilarga nisbatan shubhaga borish huquqini bermaydi. Umuman, mening fikrimcha, bu qochqinlarga xalqaro ko‘mak berish tamoyiliga ziddir", - dedi Merkel Ukraina prezidenti Petro Poroshenko bilan hamkorlikda o‘tgan brifing chog‘ida. "112 Ukraina" telekanali ushbu brifingni efirga uzatdi. 

Bundan avval AQSh prezidenti Donald Tramp yetti mamlakat - Suriya, Iroq, Liviya, Yaman, Eron, Sudan, Somali fuqarolariga AQShga kirishni vaqtinchalik taqiqlash to‘g‘risidagi farmonni imzolaganiga oid xabar berilgan edi. 

Mavzuga oid
Top