22:12 / 30.01.2017
10866

Poroshenko Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni taklif qildi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko agar Rossiya Minsk kelishuvlarini bajarishni rad etsa, unda Ukraina Rossiyaga nisbatan sanksiyalar saqlanib qolishi va kuchaytirilishini qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Bu haqda "112 Ukraina" telekanali xabar bermoqda.  

Poroshenko bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel bilan Berlinda o‘tgan matbuot-anjumanida aytib o‘tdi.

"Agar Minsk kelishuvlariga amal qilinmasa, biz Rossiyaga qarshi sanksiyalar saqlanib qolishi va agar Germaniyaga kerak bo‘lsa, ularni kuchaytirishni qo‘llab-quvvatlaymiz", deb aytdi Poroshenko.

Poroshenko Merkelga bu masaladagi qat'iy va prinsipial pozitsiyasi uchun minnatdorchilik bildirdi. 

Avvalroq Merkel Donbassda o‘t ochishni to‘xtatish tartibi deyarli amal qilmayotganini aytgandi. 

Top