Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdul-Aziz Al-Saud telefon orqali muloqotda AQSh prezidenti Donald Trampning Suriya va Yamanda qochqinlar uchun xavfsiz hududlarni yaratish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

"Prezident Tramp va Saudiya Arabistoni qiroli Suriya va Yamanda xavfsiz hududlarni yaratishga va qochqinlarga yordam beradigan boshqa tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga rozi bo‘lishdi", deb aytilmoqda Oq uy xabarida.

Davlatlar yetakchilari shuningdek "Eronning bu mintaqadagi barqarorlikka putur yetkazuvchi faolligini" bostirib turish muhimligini ta'kidlab o‘tishdi.