O‘zbekiston | 16:18 / 30.01.2017
63231
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda bo‘lib, Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 yanvar — Birinchi Prezident Islom Karimov tavalludi kuni munosabati bilan Samarqandga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda

Davlat rahbari Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Qur'on tilovat qilindi. 

Islom Karimov tavalludi kuni munosabati bilan mamlakatdagi ta'lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar, xotira kechalari o‘tkazilmoqda. 

Bu tadbirlarda Islom Karimovning serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan tarixda o‘chmas iz qoldirgani, nafaqat O‘zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro‘-e'tiborga sazovor bo‘lgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanilgani e'tirof etilmoqda. 

30 yanvar kuni Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda ehson berildi. Samarqand va Toshkentdagi marosimlarda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

 

Mavzuga oid