10:02 / 30.01.2017
4821

Sloveniya Putin va Tramp uchrashuvini tashkil etishga tayyorligini ma'lum qildi

Sloveniya AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning uchrashuvi uchun joy taqdim etishga tayyor. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Karl Eryavets ma'lum qildi.

«Bush va Putin uchrashuvini yaxshi tashkil etganimizni inobatga olib, Lavrov bunday darajadagi yana bir uchrashuv tashkillashtirilishi mumkinligini aytdi. Bu albatta, Donald Tramp va Vladimir Putinga bog‘liq», - deya ma'lum qildi u zurnal24.si portaliga.

Ma'lumot uchun, Donald Tramp va Vladimir Putin 28 yanvar kuni telefon orqali suhbatlashishdi. Muloqot davomida davlat rahbarlari shaxsiy uchrashuvning ehtimoliy muddati hamda o‘tkaziladigan joyi haqida fikr almashganlar.

Top