Jahon | 15:36 / 30.01.2017
22664
2 daqiqa o‘qiladi

“Ularda non yo‘q bo‘lsa, tort yeyishsin”: Ivanka Trampning 5 ming dollarlik libosini qochqinlar egnidagi kiyim bilan solishtirishdi

AQSh prezidenti qizi Ivanka Tramp muhojirlar bilan bog‘liq “tartibsizlik” avjiga chiqqan bir paytda qimmat libos kiygani uchun tanqid ostiga olindi. Bu haqda Yahoo Style xabar berdi.

Avvalroq mamlakatda qochqinlar va yetti davlat fuqarolarini AQShga kirib kelishini taqiqlovchi farmon kuchga kirishni boshladi. Bu Qo‘shma Shtatlarda norozilik namoyishlari o‘tkazilishiga sabab bo‘ldi.

O‘z navbatida, Tramp esa turmush o‘rtog‘i Jared Kushner bilan birga turgani tasvirlangan fotosuratni taqdim etdi. Bu ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab salbiy fikrlar bildirilishiga turtki berdi: ba'zi bir foydalanuvchilar so‘zlariga ko‘ra, er-xotin qochqinlar hayoti va xavfsizligi so‘roq ostida turgan bir paytda qimmat libosni xush ko‘rishlarini ko‘rsatmoqchi bo‘lishgan.

Ba'zi bir ma'lumotlarga ko‘ra, Ivanka egnidagi libos 5 ming dollar turadi. Bir qator sharhlovchilar bu libosni qochqinlar kiyib yurishga majbur bo‘layotgan kiyim bilan taqqoslashgan bo‘lsa, boshqalar ayolni Fransiya qirolichasi Mariya-Antuanetta bilan solishtirishdi. Antuanetta o‘z xalqining jabr-zulm ko‘rayotgani haqidagi fikrlarga: “Ularda non yo‘q bo‘lsa, tort yeyishsin” deb javob bergan.

 

Mavzuga oid