Fotojamlanma: Rolls-Royce so‘nggi «Fantom» limuzinini chiqardi
Rolls-Royce kompaniyasi yettinchi avloddagi Phantom limuzinini ishlab chiqarishni to‘xtatdi. Xususiy kolleksiyachi buyurtmasiga ko‘ra tayyorlangan model so‘nggi nusxasi Britaniyaning Gudvudidagi avtomobil ishlab chiqaruvchi zavodida yig‘ildi.
Yettinchi avloddagi so‘nggi mashina dengiz mavzusiga bag‘ishlandi. Bundan salondagi kema tasvirlangan yog‘ochli mozaik darak beradi. U marketri texnikasi yordamida tayyorlangan. Shuningdek, 24 vaqt zonasidagi aniq vaqtni bilish imkonini beruvchi soatlar ham bor.
So‘nggi «Fantom» saloni qo‘y junidan ishlangan kichik gilamchalar bilan ham bezalgan.
Rolls-Royce Phantom yettinchi avlod limuzini 2003 yilda taqdim etilgan. Model noyob platforma asosida yaratilgan bo‘lib, kuzov elementlarining aksariyati alyuminiydan tayyorlangan.
Limuzin qaysi versiyadaligiga qaramay 6,75 litrli V12 benzin motoriga ega. U 460 ot kuchiga ega. 2012 yilda Rolls-Royce Phantom yettinchi avlodi qayta yangilandi.
Ma'lumot uchun, yangi avloddagi «Fantom» 2018 yilda taqdim etiladi. Modelga yangi alyuminiy platformasi asos qilib olinadi. Rolls-Royce’ning ma'lum qilishicha, sakkizinchi Phantom «dunyodagi eng yaxshi avtomobil bo‘ladi».
Mavzuga oid
14:33 / 01.12.2024
Hindistonlik roja Rolls-Royce’dan chiqindi yig‘uvchi mashina sifatida foydalanganmi?
16:41 / 31.08.2024
Rolls va Roysning nomi berilgan brend – qo‘lda yig‘iladigan qimmatbaho avtomobil tarixi
07:10 / 03.08.2024
Rolls-Royce har bir xodimiga 700 funt sterling qiymatidagi aksiyalarni beradi
18:40 / 17.10.2023