12:17 / 31.01.2017
19373

Kundalik turmush uchun zamonaviy texnologiyalar

Kechagina fantastika olami texnologiyalari bo‘lib tuyulgan jihozlar, bugungi kunda haqiqatga aylanmoqda. Biz har yili yanvar oyida Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan CES iste'mol texnologiyalari ko‘rgazmasida bunga amin bo‘ldik.

Inson ongini lol qoldiruvchi ushbu ajoyib tomosha kompaniyalarning elektron sanoatidagi erishgan yutuqlarini namoyish etdi. Ko‘rgazma doirasida ishlab chiqaruvchilar, kelasi 5-10 yil hayratlanarli va juda qulay bo‘lishini isbotlashdi. Xususan, virtual va haqiqiy dunyoni bog‘lovchi elektron tarmoqqa ulana oladigan internet buyumlar (IoT) sohasini alohida qayd etish mumkin. Ayniqsa, bu borada yil sayin texnologiyalarni rivojlantirishning yangi usullarini topayotgan LG Electronics kompaniyasi ajoyib mahsulotlarini namoyish qildi.

Masalan, LG Smart Insta View muzlatgichi bilan uyingizdagi eng sevimli va shinam joy – oshxonangiz yanada qulay bo‘ladi. Tasavvur qiling, muzlatgich eshigini ikki marta taqillatish bilan sensorli ekranda uning ichidagi mahsulotlarning suratini ko‘rishingiz mumkin! Bundan tashqari, ushbu oddiy maishiy texnika qator foydali funksiyalarga ega. Ularni Amazon kompaniyasining Alexa Voice Service ovozni tanish xizmati vositasida ishga tushirish mumkin. Endilikda, muzlatgich mahsulotlarni nafaqat saqlaydi va muzlatadi, balki taom tayyorlash usulini taqdim qilishi, musiqa ijro etishi, Amazon saytida mahsulotlarga buyurtma berishi, zaruriy mahsulotlar ro‘yxatini tuzishi, taymerni belgilashi mumkin. Bu hali hammasi emas. Smart Tag menyusi muzlatgichda qanday mahsulotlar saqlanayotganini va ularning yaroqlilik muddatini ko‘rsatuvchi yorliq va stikerlarni ham qo‘shish imkonini beradi. Endilikda siz, muzlatgichning bir burchagida turgan pishloq necha yil saqlanganini bilishingiz mumkin bo‘ladi. Yana bir qulay jihati, muzxonadagi mahsulotlarni smartfon orqali ko‘rish imkoniyatidir. 2.0 megapikselli kamera yordamida siz do‘konda turgan holingizda nima xarid qilish kerakligini osonlik bilan aniqlay olasiz.

Telefon orqali boshqarish imkonini beradigan kir yuvish mashinasiga nima deysiz? Ishdan qaytishdan yarim soat avval ishga tushirsangiz, uyga kirgach, yuvilgan kiyimlarni dorga osib chiqish qoladi, xolos.

Bulardan tashqari, LG mutaxassislari qator aqlli robotlarni ishlab chiqargan bo‘lib, ular sun'iy aql va internetga ulana oladigan qurilmalarni rivojlantirish dasturini rivojlantirishning uzviy davomidir. Ularni nafaqat uyda, balki jamoat joylarida ham ishlatsa bo‘ladi. Masalan, Airport Guide Robot – sayyohlar uchun ajoyib hamroh bo‘la oladi. U parvoz haqida ma'lumotni yodga solish barobarida yo‘lovchini samolyotga chiqish joyiga olib boradi.

Organik yorug‘lik diodlari negizida ishlab chiqilgan yangi OLED televizorlari ko‘rgazmaga tashrif buyurganlarning asosiy qiziqishini uyg‘otdi. Bu inqilobiy texnologiya haqiqiy, «jonli» va tiniq tasvirlarni aks ettirish imkonini beradi. Eng yuqori darajada aniqlik, cheksiz kontrastlik, ekran egikligini bar maromdaligi, tasvirning yuqori sifati – bularning bari OLED texnologiyasiga asoslangan yangi televizorlarning barchasiga tegishlidir.  

Shunday qilib, CES-2017 ko‘rgazmasida zamonaviy texnologiyalari kelajakda inson hayotini, uning salomatligi haqida qayg‘urish, vaqti, mablag‘i va kengligini tejash bilan qanchalik yengillashtirishiga guvoh bo‘ldik. Ular bizning atrofimizda qulay va serqirra dunyoni barpo etishadi.

Reklama huquqi asosida

Top