00:56 / 31.01.2017
6480

Shveytsariya qishlog‘i o‘z valyutasini joriy qildi

Foto: Swissinfo.ch

Shveytsariyaning Le-Dyablere qishlog‘i yangi funikulerga (osma yo‘l) pul to‘plash maqsadida isenau deb nomlangan milliy valyutasini muomalaga kiritdi. Bu haqda 30 yanvarda ma'lum qilindi.

Le-Dyablere yonidagi tog‘larda joylashgan tog‘-chang‘i kurorti nomiga atalgan Isenau manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi 50 mingta tangani zarb qildi. Aprelgacha mahalliy do‘konlar va restoranlar ularning bir donasini 10 shveysar franki kursi bo‘yicha haqiqiy pullar bilan bir qatorda qabul qiladilar.

"Kimdir 10 frank turadigan pishloq sotib oladi va 20 frankli kupyura to‘laydi. Biz undan qaytim sifatida isenau tangasini olmoqchiligi haqida so‘raymiz", deb aytmoqda pishloq do‘koni egasi Lyusen Morero. Agar sayyoh uni ishlatmoqchi bo‘lsa, buni Le-Dyablereda qilishiga to‘g‘ri keladi.

Jamg‘arma a'zosi Jan-Mari Shlebitsning ta'kidlashicha, vaqtinchalik valyuta mahalliy aholini "jonlantirdi". Bu aksiyaning yakuniy maqsadi yangi funikuler sotib olish uchun zarur bo‘lgan 250 ming frankni yig‘ish hisoblanadi. Hozirda chang‘ichilar kurortga 1953 yildan beri ishlab kelayotgan eskirib qolgan 4 o‘rindiqli osma yo‘lda yetib olmoqdalar. 

Top