00:36 / 31.01.2017
23537

"Toshkent" xalqaro aeroportiga Islom Karimov nomi berildi

25 yanvarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida"gi qarorni imzolagandi.  

Mustaqil O‘zbekiston asoschisi, buyuk davlat arbobi, o‘zbek xalqining buyuk o‘g‘loni Islom Karimov o‘zining ko‘p qirrali siyosiy faoliyati, insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko‘p asrlik tarixida o‘chmas iz qoldirdi. 

Hamyurtlarimizning samimiy istaklaridan kelib chiqib, Islom Karimovning milliy mustaqillikni qo‘lga kiritishdagi buyuk tarixiy xizmatlarini hisobga olib, uning nomini bir qator muassasa va korxonalar nomiga berishga qaror qilindi.    

Endilikda "Toshkent" xalqaro aeroporti, Toshkent davlat texnika universiteti, Asaka avtomobilsozlik zavodi, Farg‘onadagi san'at saroyi, Qoraqalpog‘iston, Toshkent va viloyatlardagi markaziy ko‘chalar O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi bilan ataladi.

Top