Ukrainalik harbiylar Donbassda yana janglar tiklanganini xabar berdi

Ukrainalik harbiylar Donetsk xalq respublikasi vakillarini hukumat qo‘shinlari pozitsiyalariga yangi hujumni uyushtirish hamda mintaqada 2014 yildan buyon davom etayotgan mojaroni avj oldirishda ayblashdi.
Donbassda joylashtirilgan 72-alohida mexanizatsiyalangan brigadaning “Bi-bi-si”ga ma'lum qilishicha, 31 yanvar kuni ertalab DXR tarafdorlari sulhni tiklash haqida taklif qilishdi, keyinchalik esa kutilmaganda hujumga o‘tishgan.
Brigadada ma'lum qilishlaricha, hujumdan avval mahalliy vaqt bilan ertalabki soat 7 da Avdeyevka tumanida zambarak orqali o‘t ochilgan. Ukraina harbiylari so‘zlariga ko‘ra, shundan so‘ng DXR tarafdorlari hujum qilishdi.
Brigada matbuot zobiti Yelena Mokrenchuk so‘zlariga ko‘ra, hujum to‘xtatilgan, biroq jang hozirga qadar davom etmoqda. Brigadada yakshanba kunidan beri otishmalar tufayli yetti kishi o‘ldirilganini tasdiqlashdi.
Donetsk harbiy-fuqarolik ma'muriyati rahbari Pavel Jyebrivskiy ham yangi jang haqida xabar berdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, ayni damda ma'muriyat DXR tarafdorlari bilan o‘t ochishni to‘xtatish borasida muzokaralar olib bormoqda.
Strategik muhim punkt deb hisoblanuvchi Avdeyevka hududdagi eng qaynoq nuqtalardan biri bo‘lib qolmoqda. Harbiylar ma'lumotiga ko‘ra, unga reaktiv va to‘p artilleriyasidan, shuningdek, tanklar yordamida o‘t ochishmoqda.
DXRning o‘zida esa mojaro kuchayishida ukrainalik harbiylarni ayblashdi. Respublika vakillari to‘rt nafar jangchisi qurbon bo‘lganini tan oldi hamda Ukraina o‘z talofotlarini pasaytirib ko‘rsatganini ma'lum qildi.
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 31 yanvar kuni Germaniyaga bo‘lgan tashrifini mamlakat sharqidagi mojaroli hududda vaziyatning keskinlashishi tufayli to‘xtatdi. Uning matbuot xizmati Avdeyevkada otishmalar sabab favqulodda holat yuzaga kelganini va bu gumanitar halokatga chegaradoshligini ma'lum qilishdi.
Avvalroq mahalliy hukumat otishma tufayli zarar ko‘rgan elektruzatish tarmoqlari ishlamayotgani sababli Avdeyevkaning 25 ming aholisi chiroqsiz qolganini xabar berdi. Shaharda, shuningdek, suv va isitish tizimi ham yo‘q.
Kutilishicha, Poroshenko tarkibiga Ukraina, Rossiya va YeXHT kiruvchi uch tomonlama aloqa guruhining navbatdan tashqari yig‘ilishini chaqiradi. Uning uchrashuvi 1 fevralga rejalashtirilgandi, biroq endilikda 31 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi mumkinligi xabar qilindi.
Ma'lumot uchun, strategik ahamiyatga ega Avdeyevkadagi vaziyatning jiddiy keskinlashishi 29 yanvarga o‘tar kechasi yuz berdi. Mojaroda ishtirok etayotgan tomonlar hodisada bir-birlarini ayblashdi. “Reyter” agentligi Ukraina harbiylari bir yarim oydagi eng yirik talofotga ega bo‘lganini ta'kidlab o‘tgan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Okeanda plastikni «yeyishga» qodir zamburug‘lar topildi
Fan-texnika | 01:40
-
Biotexnologik startap 10 ming yil oldin qirilib ketgan dahshatli bo‘rilarni «qayta yaratdi»
Fan-texnika | 01:09
-
AQShda tornado va suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 23:47 / 07.04.2025
-
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
Jamiyat | 23:03 / 07.04.2025
Mavzuga oid

10:47 / 07.04.2025
Prezident yana bir bor Ukraina, Yaqin Sharq va Afg‘oniston masalasiga e’tibor qaratdi

08:40 / 07.04.2025
Zelenskiy: Hujumlar ko‘payganini hisobga olsak, Rossiyaga bosim yetarli emas

17:59 / 06.04.2025
Kiyev raketalar hujumiga uchradi

08:51 / 06.04.2025