16:09 / 31.01.2017
7490

Jyeparovni transfer qilgan Eron klubi uni boshqa klubga ijaraga berishi mumkin

FIFA Tehronning «Istiqlol» klubiga nisbatan yanvar oyida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlash haqida qaror chiqarganidan keyin jamoaga yangi qo‘shilgan 3 futbolchining taqdiri noma'lum bo‘lib qolmoqda. 

«Istiqlol» ushbu masalada FIFAga murojaat qilib, erkin agent sifatida qo‘shib olingan futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berishni so‘radi. Ammo FIFAning qarori yakuniy bo‘lib, katta ehtimol bilan ushbu qaror o‘zgartirilmaydi. FIFA forslar jamoasining ushbu so‘roviga rad javobini bersa, Server Jyeparov boshqa jamoaga yarim yilga ijaraga berilishi mumkin.

Tasnimnews.com saytining xabar tarqatishicha, o‘zbekistonlik futbolchi Xuzistonning «Istiqlol» klubiga ijaraga beriladi.

Mazkur klub o‘tgan mavsumda Eron chempionligini qo‘lga kiritgan hamda Osiyo chempionlar ligasining «V»guruhida BAAning «Al-Jazira», Qatarning «Lahviya" jamoalariga qarshi bahs olib boradi. «Nasaf» Bahraynning «Al-Hidd» va Saudiya Arabistonining «Al-Fotih» klublari to‘sig‘idan o‘tsa, aynan shu guruhdan o‘rin oladi.

Mavzuga oid
Top