15:34 / 01.02.2017
7200

Abe Putin bilan tinchlik bitimini shaxsan imzolamoqchi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi tinchlik bitimini shaxsan imzolamoqchi ekanini ma'lum qildi. U bunday bayonot bilan parlament quyi palatasidagi byudjyet komissiyasi yig‘ilishida chiqqan.

"Men estafeta tayoqchasinini bermoqchi emasman. Men prezident Putin bilan tinchlik bitimini shaxsan imzolamoqchiman", - deya ta'kidlab o‘tdi Yaponiya bosh vaziri. U yana bir bora "ikki mamlakat o‘rtasidagi tinchlik bitimi 70 yildan beri imzolanmay kelayotgani yaxshi holat emasligini" ta'kidlab o‘tdi.

Shuningdek Abe Rossiyaga joriy yilda rasmiy tashrif bilan kelishini tasdiqladi. U Rossiya bilan janubiy Kuril orollarida hamkorlikdagi xo‘jalik faoliyatiga to‘xtalib o‘tib, bu "o‘zaro ishonchni oshirishi, shuningdek tinchlik bitimini imzolash yo‘lidagi katta qadam bo‘lishini" ta'kidlab o‘tdi.

Moskva va Tokio o‘tgan asrning yarmidan boshlab Ikki jahon urushi yakunlariga ko‘ra tinchlik bitimini ishlab chiqish masalasi bo‘yicha tanaffuslar bilan maslahatlashuvlar olib bormoqda. Bunda Kurilning janubiy qismi maqomi jiddiy to‘siq bo‘lib kelmoqda. Yaponiyada Xabomai deb ataluvchi Iturup, Kunashir, Shikotan va bir qator kichik orollar Sobiq Ittifoq tarkibiga urush tugaganidan so‘ng kirgan, biroq bu Tokio tomonidan rad etib kelinadi. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Yaponiyaga o‘tgan yilning 15-16 dekabr kunlari uyushtirgan tashrifi va Abe bilan uchrashuvi yakuniga ko‘ra qo‘shma bayonot qabul qilindi. Unda "Rossiya va Yaponiyaning janubiy Kuril orollarida hamkorlikdagi xo‘jalik faoliyati bo‘yicha maslahatlashuvlar boshlanishi tinchlik bitimini imzolashda muhim qadam bo‘lishi" aytiladi.

Top