08:46 / 01.02.2017
4222

AQSh chegara xizmatiga yangi rahbar tayinlandi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Ronald Vitiyelloni AQSh chegara xizmatiga rahbar qilib tayinladi, deb xabar bermoqda "Assoshieyted Press" axborot agentligi. 

O‘tgan haftada AQSh chegara xizmatining sobiq rahbari Mark Morgan AQShning yangi ma'muriyati talabiga ko‘ra iste'foga ketgandi. Morganning iste'fosi haqidagi xabar Tramp chegaralarni qo‘riqlashni kuchaytirish haqidagi farmonni imzolagan kun ertasiga paydo bo‘lgan. Taxmin qilinishicha, chegarachilar soni 5 ming kishiga oshiriladi.

AQSh chegara xizmati AQSh bojxona va chegaralarni qo‘riqlash federal xizmati tarkibiga kiradi. Noqonuniy muhojirlarni ushlash, qurol-aslaha kontrabandasi, odamlarni noqonuniy tashishning oldini olish uning vazifalariga kiradi.

Top