15:49 / 01.02.2017
6095

Amerikaliklar kreyseri Yaponiya qirg‘oqlari yaqinida sayozlikka botib qoldi

AQSh harbiy dengiz kuchlarining Antietam raketa kreyseri Yaponiyaning Tokio ko‘rfaziga kiraverishda joylashgan Amerikaning Yokosuka harbiy dengiz bazasi yaqinida sayozlikka botib qoldi.

Kemani ba'zi qismlarini shikastlash evaziga sayozlikdan tortib chiqarishgan va Yokosuka aeroportiga olib ketishgan. Ekipaj a'zolaridan hech kim jabrlanmagan. Moddiy zarar endi hisoblab chiqiladi. Hodisa oqibatida suvga 4 ming litrdan ortiq gidravlik moy to‘kilgan.

USS Antietam — Ticonderoga tipidagi kreyser bo‘lib, Tomahawk raketalari bilan jihozlangan. Bunday kreyserlar 1987 yildan buyon ishlab chiqarilishi boshlangan.

Mavzuga oid
Top