12:31 / 01.02.2017
4708

Angliyalik fermer Yoqutistondan Hindistonga piyoda yo‘l oldi

Angliyaning Herefordshir grafligidan bo‘lgan fermer Endryu Lloyd Yoqutistondan Hindistonga piyoda sayohatga chiqdi. Bu haqda «Yakutiya» portali xabar berdi.

Turist o‘z oldiga dunyodagi eng sovuq joylarga borish maqsadini qo‘ygan. Bundan tashqari, u xayriya bilan ham shug‘ullanadi.

Ta'kidlanishicha, Lloyd respublika poytaxti Yakutskda bo‘lgan. Endilikda u YuNeSKOning butunjahon meros obektlari ro‘yxatiga kiritilgan Lensk ustunlarini tomosha qilib, Boyqolning shimoliy qismidagi tumaniga borish rejalashtirmoqda. U yerdan Lloyd Mo‘g‘uliston orqali Xitoyga boradi. «Shundan so‘ng Tibet va Nepalga tashrif buyuraman. U yerda meni ajobiy Himolaylar kutmoqda. Keyin Hindistonga tushaman», - deya aniqlik kiritdi sayohatchi.

Lloydning ta'kidlashicha, Yakutskda sovuq ob-havo va shamol tufayli juda ham qattiq sovuq ekan. Shu bilan bir qatorda, u respublika aholisini “juda ham zo‘r insonlar” deb atagan hamda ular mehmondo‘stligini alohida bildirgan.

Lloyd sayohat davomida Nepaldagi qishloq va maktablarni tiklashni moliyalashtiruvchi Gurk jamg‘armasiga mablag‘ yig‘ishni rejalashtirgan. Ayni damda turist kerak bo‘lgan 20 mingdan 1 160 funtni yiqqan.

Top