Jamiyat | 10:06 / 01.02.2017
24184
2 daqiqa o‘qiladi

"Mening ko‘zlarimni otamga bering. U meni ko‘rib quvonsin!" so‘zlari muallifi Erdo‘g‘an bilan uchrashdi

Foto: Anadolu

Foto: Anadolu

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va uning turmush o‘rtog‘i Amina Erdo‘g‘an surati keng tarqalgan suriyalik qizning oilasini qabul qilishdi. Suratda qiz Bashar Asad rejimi bombardimoni natijasida oyoqlari va ko‘rish qobiliyatidan mahrum bo‘lgan otasini quchib tushgan. Anadolu nashri shu haqida xabar berdi

Anqaradagi Prezident qarorgohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ko‘zyoshining opasi - Sidra hamda otasi Mahmud Xalif Nosir ishtirok etishdi.

Foto: Anadolu

Suhbat davomida prezident oilasi bolalarga sovg‘alar ulashdi. 

Foto: Anadolu

27 yoshli Mahmud Xalif Nosir bombardimondan keyin oyoqlari, o‘ng qo‘lidagi barmoqlari va ko‘rish qobiliyatidan mahrum bo‘ldi. 

Ko‘zyoshining "Mening ko‘zlarimni otamga bering. U meni ko‘rib quvonsin!" degan so‘zlari Turkiya jamiyatida katta muhokamaga sabab bo‘ldi. 

Mavzuga oid