13:23 / 01.02.2017
3935

Ozarboyjonda mamlakatda teraktlar sodir etishni rejalashtirgan jangarilar yo‘q qilindi

Foto: 1news.az

Ozarboyjon davlat xavfsizlik xizmati mamlakatda teraktlar uyushtirishni rejalashtirgan to‘rt nafar terrorchi yo‘q qilinganini xabar berdi, deb ma'lum qildi 1news.az DXXning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha markaziga asosan.

Mahkama ma'lumotiga ko‘ra, xorijda faoliyat olib boruvchi terrorchilik tashkilotiga a'zo bo‘lgan bir guruh shaxslar Ozarboyjon hududida teraktlar sodir etmoqchi bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, ularda portlovchi moddalar hamda qurol-yarog‘lar bo‘lgan.

O‘tkazilgan maxsus amaliyot natijasida Ozarboyjonning 5 nafar fuqarosi qo‘lga olindi.

Jangarilar qo‘lga olish jarayonida qarshilik ko‘rsatgan hamda otishma paytida yo‘q qilindi. Guruhning beshinchi a'zosi gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olingan.

Mavzuga oid
Top