09:57 / 01.02.2017
66331

Siz ko‘rishni istaydigan televideniye

Kelajak televideniyesi allaqachon bozorda taqdim etilgan va barcha istovchilar uni ko‘rishlari mumkin. U itv.(itv.uz) deb nomlanadi.

itv televideniye g‘oyasiga butunlay o‘zgacha nazar tashlash imkonini beradi! Efirni to‘xtatib qo‘ying, o‘zingiz ko‘rishni istagan joyga keltiring yoki arxivdan kerakli dasturni tomosha qiling. Endilikda siz eng qiziqarli narsalarni o‘tkazib yubormaysiz!

itv’dan interaktiv TV bilan Sizga eng ommabop 70ga yaqin raqamli sifatdagi telekanallar va HD shaklidagi 10dan ortiq kanallar muntazir. Xizmat elektron dasturga kirish imkonini beradi. Bu esa sizni qiziqtirgan teleloyihalar vaqtini avvaldan kuzatib borish kabi ishdan ozod qiladi. Bundan tashqari, ko‘rsatuvni to‘xtatib qo‘yish, boshidan ko‘rish yoki kerakli joyidan kuzatishingiz mumkin. Shuningdek itv Siz uchun hafta davomida efir arxivini saqlab qo‘yadi. Bu Siz istalgan vaqtda o‘tkazib yuborilgan teleko‘rsatuvni tomosha qilishingizga juda ham yaxshi imkoniyat.

itv ko‘plab telekanallarni tomosha qilish imkonidan tashqari, bu – haqiqiy uy kinozali hamdir. Bizning media portal 11 mingdan ortiq turli janrlardagi badiiy film va seriallar, multfilmlar, bilim orttirishga xizmat qiluvchi hamda ta'lim dasturlarini ko‘rish imkonini beradi. Nafaqat yaxshi, balki sifatli kino ixlosmandlari uchun ITV filmlarni HD va 3D shakllarida taqdim etadi. Endilikda eng yorqin ranglar va qiziqarli vaziyatlarni kichik detallarda ham ko‘rish imkoni bor. ITV’ning juda ham boy kontenti hattoki didi juda nozik insonlarga ham ma'qul keladi.

Interaktiv TVning ishlashi uchun faqatgina bizning TV-pristavkamiz va tezligi 5 mbit/son. bo‘lgan Internetga ulanish kifoya.

Siz itv’ga ulanish chog‘ida 3 oy bepul tomosha qilish imkonini qo‘lga kiritasiz!

Mobil serfingning barcha ishqibozlari uchun esa itv smartfonda ham mavjud! Ilovani Google Play yoki App Store’dan yuklab oling, ro‘yxatdan o‘ting hamda o‘z qurilmangizda itv’dan interaktiv televideniyedan bahra oling. Ilova interfeysi juda oddiy, shuning uchun uni hattoki yosh bola ham bemalol ishlatishi mumkin. Ilovada shuningdek tomosha qilish uchun barcha 70ta kanal, hamda video klubning barcha kontenti mavjud. U filmlardan tashqari mahalliy va xorijiy ijrochilarning eng so‘nggi musiqa asarlari va kliplarini ham taklif qiladi.

itv – o‘zingiz uchun qulay vaqtda tomosha qiling!

Telefon: +99871 202 4 202
www.itv.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top