19:17 / 01.02.2017
6246

Tramp farmoni tufayli AQSh aviakompaniyalari qiymati deyarli 5 milliard dollarga tushib ketdi

AQSh prezidenti Donald Trampning muhojirlik farmoni fonida Amerika yirik aviakompaniyalarining bozordagi qiymati 4,9 milliard AQSh dollariga tushib ketdi, deb xabar qildi Bloomberg.

Agentlikning aniqlik kiritishicha, S&P 500 indeksidagi aviakompaniya aksiyalari 3,8 foizga tushib ketgan bo‘lsa, dunyodagi eng yirik aviatashuvchi - American Airlines Group aksiyalari qiymati 5,8 foizga pasaydi.

Bundan tashqari, investorlarning fikricha, AQShga kirishni taqiqlash boshqa mamlakatlarni javob choralari ko‘rishga undashi mumkin.

Bloomberg Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi aviatashuvlar narxi oshishini kutmoqda. Aksariyat insonlar AQShga borishdan voz kechishlari haqiqatan yaqin bo‘lib turibdi.

Ipsos xalqaro ijtimoiy tadqiqot markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, AQShning 49 foiz fuqarosi prezident Donald Tramp tomonidan muhojirlik siyosatini kuchaytirish haqida imzolangan farmonni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Mavzuga oid
Top