13:41 / 02.02.2017
5498

Mahalliy mahsulotlarni chetga yetkazish geografiyasi 60ta yangi bozorga ko‘paydi

Oxirgi yillar davomida diversifikatsiya qilish va iqtisodiyot sohalarini raqobatbardoshligini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida jahon iqtisodiyotida inqiroz holatlari hamon saqlanib turgan va jahon bozoridagi narxlar darajasi pastligi respublikaning asosiy eksport nuqtalariga ta'sirini kamaytirishga erishildi. Bu haqda O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi xabar berdi.

O‘zbekiston eksportchilarining tashqi bozordagi o‘rnini saqlash hamda mamlakatning salohiyatini kuchaytirish maqsadida xorijga mahsulot yetkazib berish hajmini ko‘paytirish, eksport qilinadigan mahsulotlar turi va geografiyasini diversifikatsiya qilish, eksport faoliyatiga yangi korxonalarni jalb etish ishlari davom ettirildi. 

2016 yil davomida yana 877 korxona eksport faoliyatiga jalb etildi, mahalliy mahsulotlarni chetga yetkazish geografiyasi 60 ta yangi bozorga ko‘paydi. Xususan, Birlashgan Arab Amirliklari, Livan, Iordaniya, Iroq, Gana, Senegal, Kot-d`Ivuar, Somali, Nigeriyaga yengil avtomobillar, Shvetsiya, Ruminiya, Bolgariya, Turkiya, Indoneziya, Moldaviya va Ozarboyjonga mineral o‘g‘itlar, Belarus, Ozarboyjonga sport poyabzallari, Polsha va Janubiy Koreyaga charm buyumlar va boshqa mahsulotlar eksport qilindi.


 

Top