08:39 / 02.02.2017
22389

AQSh Eronga rasman ogohlantirish qildi

AQSh ma'muriyati Eronga uning ballistik raketalar sinovi bilan bog‘liq holda mintaqadagi "barqarorsizlikka olib keluvchi faoliyati" sababli rasmiy ogohlantirish qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.  

Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Maykl Flinn ma'lum qildi.   

"Biz Eronga rasmiy ogohlantirish qilmoqdamiz", deb aytgan Flinn.

Uning aytishicha, o‘tgan dam olish kunlari Eron tomondan raketalar uchirilishi BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasining buzilishi bo‘lgan.

Avvalroq Eron mudofaa vaziri Husayn Dehqon yangi raketa sinovdan o‘tkazilganini tasdiqlagandi. Uning aytishicha, yangi raketa sinovlari xalqaro alyans bilan yadro dasturi bo‘yicha kelishuv yoki BMT rezolyutsiyasiga zid kelmaydi.

Mavzuga oid
Top