00:11 / 02.02.2017
28804

AQSh qiruvchi samolyotlari o‘z bazasini nishonga oldi

Foto: Reuters

AQSh harbiy-havo kuchlarining ikkita F-16 qiruvchi samolyoti mashg‘ulot parvozi vaqtida xato ravishda Nyu-Meksiko shtatidagi Xolloman bazasiga raketalar bilan zarba berdi. Zarba oqibatida bir harbiy halok bo‘lgan, yana biri yarador bo‘lgan. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, raketalar "havo-yer" sinfidagi raketalar bo‘lgan. Yarador bo‘lgan harbiy shifoxonaga yetkazilgan, biroq ayni vaqtda u yerdan chiqarib yuborilgan. Voqea yuzasidan tekshiruv boshlangan.

Top