20:41 / 02.02.2017
8790

Bloomberg: Saudiya Arabistoni AQSh, Yevropa va Osiyo uchun neft narxini oshirdi

Saudiya Arabistoni AQSh, Yevropa va osiyolik xaridorlar uchun neft narxini oshirdi. Yangi narxlar mart oyidan boshlab yetkazib beriladigan neft uchun qo‘llanadi, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi. 

Jumladan, neftning yengil navi narxi osiyolik mijozlar uchun 30 sentga oshgan, biroq uning oxirgi narxi ko‘rsatilmagan. AQSh, Shimoli-G‘arbiy Yevropa, O‘rta Yer dengizi va Osiyoda sotiladigan barcha neft turlari narxi oshgan.

TASS axborot agentligi ma'lum qilganidek, Saudiya Arabistoni 2016 yilda Xitoyga neft yetkazib berish bo‘yicha Rossiya, Ummon, Angola va Iroq bilan raqobat qilgan. Yil yakunlariga ko‘ra, Rossiya bu borada Saudiya Arabistonini ortda qoldirgan va Xitoyga 16,87 mlrd dollarlik 52,5 mln tonna neft sotgan.  

Saudiya Arabistoni esa Xitoyga 15,57 mlrd dollarlik 51 mln tonna neft sotgan.

Top