19:22 / 02.02.2017
5435

Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqish bo‘yicha rejasi taqdim etildi

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniya hukumati o‘z saytida Yevropa ittifoqidan chiqish (Brexit) bo‘yicha reja bo‘lgan rasmiy hujjatni taqdim etdi, deb xabar berdi «Bi-bi-si».

«Oq kitob» o‘z ichida hukumatning 12ta asosiy prinsipini qamrab oladi, ular Britaniya hukumatining YeIdan chiqqanidan keyingi harakatlariga bag‘ishlangan. Ular orasida muhojirlik va mamlakat qonunlari ustidan nazorat bor.

Matnda, shuningdek, bosh vazir Tereza Meyning kirish so‘zi ham mavjud. Hujjatda hammasi bo‘lib 77 sahifa bor.

Avvalroq Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Brexit bo‘yicha qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qilgan parlament quyi palatasining ovoz berish natijalarini tarixiy deb atagandi.

Mavzuga oid
Top