Özbekiston Vazirlar Mahkamasi 1 fevral kuni xöjalik sub'yektlariga çet el valyutasi tuşumini majburiy sotiş tartiblariga özgartişlar kirituvçi qaror çiqardi. 

Avval markazlaştirilmagan eksportni amalga oşiruvçi korxonalar vakolatli banklarga xorijiy valyutadagi tuşumlari 50 foizini sotişga majbur bölgan bölsa, endilikda mahsulotlar va xizmatlar eksportidan tuşgan valyutaning faqatgina 25 foizi majburiy tartibda sotiladi.

16 turdagi mahsulot va xizmatning istisno tariqasida valyuta tuşumi 50 foizini majburiy tartibda sotişi saqlanib qoladi. Bu röyxatga buğdoy, oltingugurt, tabiiy gaz va neftgaz sohasi boşqa mahsulotlari (şu jumladan tranziti), uran, polietilen, polipropilen, qora metallar, mis va rux, vodorod, inert gazlar va boşqa nometallar, qimmatbaho bölmagan metallar, metallokeramika va boşqalar kiritilgan.

Röyxatga şuningdek aviatransport xizmatlari, temir yöl transporti xizmatlari, telekommunikatsiya va bank xizmatlari kiritilgan.

Ma'lumot uçun, valyuta tuşumini majburiy tartibda sotişdan tayyor mahsulotlarni eksport qiluvçi tekstil korxonalari, şuningdek özi işlab çiqargan mahsulot va xizmatlar eksportini amalga oşiruvçi kiçik biznes sub'yektlari ozod etilgan.