12:19 / 02.02.2017
6322

Facebook virtual texnologiyalarni o‘g‘irlagan deb topildi

AQShning Texas shtati Dallas shahri federal sudi hakamlar hay'ati xulosasiga ko‘ra, Oculus kompaniyasini ZeniMax Media videoo‘yinlar ishlab chiqaruvchisining virtual reallik texnologiyalarini o‘g‘irlagan. Bu kompaniya Facebook ijtimoiy tarmog‘i tomonidan 2014 yilda xarid qilingan. Yetkazilgan zarar 500 mln dollar miqdorida, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi.

Yanvar oyida Facebook asoschisi Mark Tsukerberg sud majlisida qatnashgan va intellektual mulkni o‘g‘irlash bo‘yicha ayblovlarni rad etgan edi. Uning bayonot berishicha, "Oculus mahsulotlari Oculus texnologiyalari asosida ishlab chiqariladi".

ZeniMax Media 2014 yilda Oculus startapini sudga bergan edi. O‘sha vaqtda Facebook bu startapni xarid qilish borasida muzokaralar olib borayotgandi. ZeniMax aybloviga ko‘ra, Oculus unga tegishli bo‘lgan intellektual mulkni noqonuniy o‘zlashtirgan. 

Aytish joizki, kompaniyaning murojaati qisman Oculus texnologiyalar bo‘yicha direktori va dasturchisi Jon Karmekka ham tegishli. Karmek uzoq vaqt mobaynida ZeniMax xarid qilgunicha, id Software kompaniyasida ishlagan. Keyinchalik, id Software firmasining yangi xo‘jayini dasturchini Oculus yangi texnologiyalarini ishlab chiqishga ko‘mak berish maqsadida ZeniMax kompyuter kodini o‘g‘irlashda aybladi. 

Facebook Oculus kompaniyasini 2014 yil bahorida virtual reallik texnologiyalariga bo‘lgan barcha huquqlar bilan birga xarid qildi. 2015 yil fevralida kompaniya virtual kommunikatsiyalar borasida tadqiqot ishlarini olib boruvchi yangi bo‘limini ochdi. 

Top