O‘rta maxsus ta'limi masalasida yetarlicha ma'lumotga ega emasmisiz? Yoki ushbu yo‘nalishda muammolar, ariza, shikoyat va takliflaringiz bormi? Unda siz uchun ajoyib yangilik bor.
Farg‘ona viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarmasi boshlig‘ining virtual qabulxonasi o‘z ishini boshladi. Bu haqda boshqarmaning matbuot xizmati xabar berdi.
Virtual qabulxona orqali o‘z murojaatingizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Farg‘ona viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hududiy boshqarmasi boshlig‘ining virtual qabulxonasi http://murojaat.urtamaxsus.fargona.uz/uz/ sayti manzili orqali yuborishingiz mumkin.
Bundan tashqari, (0373) 244 31 28 telefon raqamlariga bog‘lanib ham shikoyat, ariza yoki takliflaringizni aytish imkoni taqdim etiladi.