15:02 / 02.02.2017
7444

Gvardiola «Chelsi» nimaning evaziga chempionlikni boy berishi mumkinligi haqida gapirdi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APL 23-turi doirasidagi «Vest Hem» ustidan qozonilgan g‘alabadan (4:0) so‘ng «Chelsi» va chempionlik kurashi borasida gapirib o‘tdi.

«Antonio Konteda xavotir olish uchun sabab yo‘q. Sababi «Chelsi» eng yaqin ta'qibchilarini 9 ochkoga ortda qoldirmoqda. Ko‘rinishidan endi faqatgina ularning o‘zlari chempionlikni qo‘ldan boy berib qo‘yishlari mumkin.

«Chelsi» bilan jadvaldagi tafovutimiz juda katta, ammo biz so‘nggi daqiqalargacha kurashamiz va chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga harakat qilamiz. Atrofimizda juda kuchli jamoalar joylashgan, ammo ulardan ortda qolishni istamaymiz», degan Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, ortda qolgan 23 turdan keyin «Chelsi» Angliya chempionati jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa «Arsenal» va «Tottenhem»ni 9, «Liverpul» hamda «Manchester Siti»ni esa 10 ochkoga ortda qoldirib ketgan.

Top