17:43 / 02.02.2017
5065

Lego o‘z ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirdi

Turli o‘yinchoq konstruksiyalar ishlab chiqarishi bilan mashhur Lego kompaniyasi o‘zining Lego Life ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirdi. U 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan bo‘lib, eng yosh bolalar uchun ham juda xavfsizdir, deb yozadi Mashable.

Har qanday ijtimoiy tarmoqda qo‘pollikka yoki behayo ma'lumotlarga duch kelish juda ham oson. Ammo, Lego Life ilovasi bundan mustasno. Chunki, kimnidir haqoratlashning imkoni yo‘q, deyarli. Axir muloqot emodzi va stikerlar yordamida amalga oshiriladi. 

Qayd etilishicha, Lego ilovasi UNICEF tashkiloti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Uning maqsadi bolalarga tengdoshlari bilan muloqot qilishga, Lego konstruksiyalaridan yasalgan buyumlarining surati va videolarini namoyish qilishga imkon berishdir. 

Ushbu tarmoqqa ulanish uchun iOS va Android ilovalarini yuklab olish talab etiladi. Bola ro‘yxatdan o‘tishda, akkaunt ochilishini tasdiqlashlari uchun ota-onasining e-mail manzilini ko‘rsatadi. Unda xavfsizlik nuqtainazaridan foydalanuvchining haqiqiy ismi va surati qo‘yilmaydi. 

Albatta, hozircha, Lego Life ilovasi AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiyada ishga tushirilgan. 

Top